«nogironligi borlar» tegli maqolalar
5 iyun 2026, 17:47 Qonunchilik
Nogironligi bo‘lgan haydovchilar uchun parkovka imtiyozlari onlayn rasmiylashtirilishi mumkin
O‘z huquqlarini tasdiqlash uchun nogironlik haqidagi ma’lumotnomani talab qilishni bekor qilish taklif etilmoqda.
25 may 2026, 12:42 Iqtisodiyot
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun Erta aralashuv xizmati yo‘lga qo‘yiladi
Xizmatdan foydalanish uchun elektron vaucher berilib, ota-onalar arizani DXM, Yagona portal yoki Ijtimoiy karta ilovasi orqali yuborishi mumkin.
13 may 2026, 18:17 Iqtisodiyot
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 1% bo‘lishi mumkin
Qonun loyihasi bilan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yagona mexanizmini joriy etish taklif qilinmoqda.
28 aprel 2026, 19:07 Iqtisodiyot
Nogironligi bo‘lgan ayrim shaxslar uchun yangi ijtimoiy xizmatlar joriy etiladi
Bolalar uchun erta aralashuv xizmati ishga tushiriladi, kattalar uchun esa oilaviy muhitga yaqin ijtimoiy xizmatlar tashkil etiladi.
20 aprel 2026, 12:34 Iqtisodiyot
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlariga imtiyozlar joriy etildi
Ushbu yo‘nalishda ishlovchi tadbirkorlarga soliq yengilliklari beriladi, ota-onalarning ayrim xarajatlari soliqqa tortilmaydi.
18 aprel 2026, 12:42 Iqtisodiyot
Joriy yilda nogironligi bo‘lganlar uchun DXSH asosida yangi ijtimoiy xizmatlar joriy etiladi
Buning uchun 600 ga yaqin nodavlat tashkilot va YTTlar jalb etiladi, ayrim xarajatlar esa qoplab beriladi.
14 aprel 2026, 16:59 Qonunchilik
Nogironlik pensiyalarini proaktiv shaklda tayinlashga qaratilgan qonun Senatga yuborildi
Loyiha bilan nogironlik belgilanganda pensiya murojaatsiz avtomatik tayinlanadi, shuningdek uni qayta hisoblash ham proaktiv tarzda amalga oshiriladi.
20 noyabr 2025, 11:38 Iqtisodiyot
2026-yildan nogironligi borlarga 30 mln so‘mgacha foizsiz qarz beriladi
Imkoniyati cheklangan va nogironligi bor shaxslar kambag‘allik reyestridan chiqarilib, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
5 noyabr 2025, 19:27 IT
Endi parvarishga muhtojlar uchun ijtimoiy xizmat vaucherlari onlayn beriladi
Fuqarolar portaldan ijtimoiy-maishiy, tibbiy yoki kunduzgi parvarish xizmatlari uchun vaucherlarni olishlarii mumkin.
4 iyul 2025, 10:50 Biznes
Nogironligi bo‘lganlar bandligini ta’minlagan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi
Bitta tashkilot nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun jami 500 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiya olishi mumkin.
19 iyun 2025, 18:19 Qonunchilik
Nogironligi bo‘lganlarga avtomobilni qayta jihozlash xarajatlari qoplab beriladi
Shuningdek, avtobus kompaniyalari ham o‘z parkini nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirgani uchun kompensatsiya olishlari mumkin bo‘ladi.
29 may 2025, 10:44 Qonunchilik
Endi nogironlik pensiyalari ham proaktiv shaklda tayinlanadi
1-iyuldan I yoki II guruh nogironligi pensiyalarini alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.
12 may 2025, 11:31 Qonunchilik
Nogironligi bo‘lganlarni ishga olgan tadbirkorlarning ayrim xarajatlari qoplab beriladi
Ularga surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilish uchun 50 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.
7 may 2025, 15:51 Iqtisodiyot
1-iyundan Toshkent va Navoiyda nogironlikni belgilash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
Joriy yilda Samarqand viloyatining uchta hududi, shuningdek, qolgan viloyatlarning 1 tadan tumanida kasalliklarni barvaqt aniqlash va asoratlarini kamaytirish bo‘yicha mahallabay tizim yo‘lga qo‘yiladi.
29 aprel 2025, 21:02 Iqtisodiyot
Nogironligi borlarni ishga olgan yengil sanoat korxonalariga soliq imtiyozlari beriladi
Bunday xodimlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi pasaytiriladi, tadbirkorlarga esa 500 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi. Marketpleyslarda nogironligi bo‘lganlarning tovar va xizmatlari xaridi oshiriladi.
17 mart 2025, 09:44 Iqtisodiyot
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lganlarga qarab turish xizmati ishga tushirildi
Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmatini tadbirkorlar autsorsing asosida tashkil etishlari mumkin.
3 mart 2025, 16:14 Iqtisodiyot
Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy transport xizmati ko‘rsatiladi
Ushbu xizmat 1-apreldan sinov tarzida Toshkent, Andijon va Samarqand shaharlarida yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun tadbirkorlar jalb qilinadi.
6 fevral 2025, 18:09 Qonunchilik
Nogironligi bo‘lgan bolalarni kunduzi parvarishlash xizmati uchun subsidiya beriladi
Bunda subsidiyalar har bir kun uchun hisoblanadi va 3−7 yoshdagi har bir bola uchun BHMning 25%i, 7−18 yosh uchun esa BHMning 27%i miqdorida ajratiladi.
13 dekabr 2024, 17:25 Iqtisodiyot
Nogironligi bo‘lgan ishchilar uchun ijtimoiy soliq 1%ga pasaytiriladi
Korxonalarga surdotarjimon, psixolog va ko‘zi ojizlar uchun hamrohlik xizmati xarajatiga 50 mln so‘mgacha subsidiya beriladi.
13 dekabr 2024, 12:59 Iqtisodiyot
Kambag‘al oilalarga biriktirilgan 1 ming nafar rahbar natija ko‘rsatmadi — prezident
Davlat rahbari keyingi yilgi investitsiya dasturiga kiradigan 590dan ortiq ijtimoiy obyekt loyihasi nogironligi bor odamlarga moslab ishlab chiqilmaganini tanqid qildi.